«Green Card» lotereyasi nima, u qanday o’ynaladi? Amerikaga ketish orzusi…

Oktabr oyining 3-kunidan boshlab butun jahon boʻylab har yili katta qiziqish bilan oʻynaluvchi Amerikaning “Yashil karta” (Green card) lotereyasiga start berildi. Mazkur lotereyada ishtirok uchun AQSh davlat departamenti tomonidan maxsus ochilgan saytdan roʻyxatdan oʻtishingiz talab qilinadi. Bu jarayon bir oydan ziyodroq vaqt, yaʼni 2018-yil 3-oktabrdan 6-noyabrga qadar davom etadi. Javoblarni 2019-yil 7-may sanasidan boshlab bilib olish mumkin boʻladi.

Oʻzi bu nima?

Amerika Qoʻshma Shtatlariga immigratsiya qilinish imkonini beruvchi bu karta asli oʻzi nima ekanligi haqida qisqacha toʻxtalib oʻtsak. Har holda bu yutuqli chiptaning qiymati haqida bilib qoʻygan foydadan holi emas.

Birinchi “yashil kartalar“ oq rangda edi va 1940-yildagi chet elliklarni roʻyxatga olish akti (Alien Registration Act, AR-3) natijasida paydo boʻldi. Dastlab, mamlakat milliy mudofaasiga qabul qilish sifatida tuzilgan va barcha xorijliklar akt boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi talab qilingan. Oʻsha paytda bu ishni ular pochta boʻlimlarida amalga oshirishgan. Akt hech bir immigrantni qonuniy yoki noqonuniy ravishda ajratmadi, barchani qonuniy yoʻl bilan roʻyxatdan oʻtkazaverdi. Qabul qilingan shakllarni koʻrib chiqqandan soʻng, INS muhojirlarga kvitansiyalarni yubordi va ular birinchi “yashil kartochkalar“ edi (garchi ular butunlay boshqa rangda boʻlsa ham).

Foto: http://drhkm.ca

Ikkinchi jahon urushidan soʻng, immigratsiya katta miqyosda qayta boshlandi, ammo chet el fuqarolarini roʻyxatga olish endi pochta boʻlimlarida oʻtkazilmadi, immigratsiya hujjatlarini qayta ishlashning bir qismi boʻlib qoldi. Bu INSʼga juda koʻp sonli shakllardan xalos boʻlish va muhojirlar bilan ishlashning samaradorligini oshirish imkonini berdi. Oʻshanda haqiqiy “yashil kartalar“ paydo boʻldi. Immigrantlar orasida — ishchilar, talabalar, oʻqituvchilar va boshqalar bor edi va ularning har birida immigratsion maqomga ega boʻlgan ruxsatnoma (hujjat) mavjud edi. Qoʻshma Shtatlarda doimiy yashash uchun ruxsat beruvchi bu hujjat “yashil kartochka” yoki boshqa soʻz bilan aytganda Green Card edi. Lotereya oʻynalishidan asosiy maqsad — AQShga keluvchi muhojirlar geografiyasini kengaytirish va ularni ragʻbatlantirish. 2008-yilda lotereyaga 6,4 milliondan ortiq kishi murojaat qilgan. Arizachilarning oila aʼzolarini qoʻshib hisobga olganda, ishtirokchilarning umumiy soni 10 millionga yetgan. Ularning aksariyati rivojlanayotgan mamlakatlarning fuqarolari — Afrika 41% va Osiyo 38%, Yevropa 19%, Janubiy Amerikadan 2% miqdorda. Birinchi oʻrinda Bangladesh eng ko’p 1,7 mln. arizachi, keyingi oʻrinda 684 ming respondent bilan Nigeriya. Katta miqdordagi muhojirlar yetkazib bergan davlatlar – bu, Braziliya, Xitoy Xalq Respublikasi, Kolumbiya, Dominikan Respublikasi, Ekvador, Salvador, Gvatemala, Gaiti, Hindiston, Yamayka, Meksika, Pokiston, Filippin, Peru, Polsha, Janubiy Koreya, Kanada va Buyuk Britaniyada (jumladan Shimoliy Irlandiya) va uning koloniyalari, Vetnam, lotereyada qatnashmaydi, chunki soʻnggi 5 yil ichida bu mamlakatlardan kelgan muhojirlar soni 50 ming kishidan oshib ketdi. 2010-yilgi lotereyada (DV-2010) Rossiya ishtirok etishiga yana ruxsat berildi.

  Foto: telegram.org

Bu qanday oʻynaladi?

2020-yil uchun 50 ming ta Grin kard lotereyasi oʻynalishi eʼlon qilindi. Bu albatta yaxshi yangilik, chunki ekspertlar har yilgi lotereyani bu oxirgisi deb taʼkidlashayotgan edi, shu oʻrinda biz ham sentabr oyining oxirlariga qadar navbatdagi DV ( Diversity Visa Lottery 2020) oʻynalishiga shubhamiz bor edi.

Grin kard lotereyasida qatnashuvchi har bir shaxs uchun qoʻyiladigan talablar:

  • Barcha qatnashuvchilar onlayn ariza yuborishi shart;
  • Qonun boʻyicha bir shaxs bir yilda faqatgina bir marta ariza yuborishi mumkin;
  • Har bir DV Lottery dasturi ishtirokchisi kamida oʻrta maʼlumotli yoki ish tajribasiga ( oxirgi 5 yilda 2 yildan kam boʻlmagan ish staji yoki oʻrta maʼlumot) ega boʻlishi kerak;

Mana shu oddiy va qatʼiy qoidalarga amal qilish qiyin emas nazarimda.

Demak, Grin kard lotereyasidan roʻyxatdan oʻtish uchun mana bu https://www.dvlottery.state.gov manzilga oʻtamiz (Saytni yaxshilab tekshirib oling, hech qanday .com, .net, .org domenlari bilan tugaydigan soxta saytlarga oʻz maʼlumotlaringizni topshirib qoʻymang). Bu yerda ariza yuborish bepul. (Odnoklassniki, Facebook tarmoqlarida roʻyxatdan oʻtishni eplagan boʻlsangiz bu ham shundan qolishmaydigan forma 😉 ).

Forma qanday toʻldiriladi?

Sayt bizga mana bunday interfeys taklif qiladi.

Foto: https://www.dvlottery.state.gov

Begin entry“ (yozishni boshlash) tugmasini bosamiz. Keyingi oynada bizni captcha kutib oladi.

Tasdiqlash kodini kiritish” – suratdagi belgilarni kiritib “submit” tugmasini bosamiz. Sayt bizni bot emasligimizni shu yoʻl bilan tekshirib oladi.

Foto: https://www.dvlottery.state.gov

Eslatma: formani toʻldirish uchun 30 daqiqa vaqt beriladi, agar bu vaqt tugab qolsa jarayonni boshidan boshlashga toʻgʻri keladi.

  1. Name (Ism);   Last/Family Name (Familiya);
  2. Gender (Jins);
  3. Birth Date (Tugʻilgan sana);
  4. City Where You Were Born (Siz tugʻilgan shahar) Enter Birth City Only. Do not enter District/County/Province/State (Faqat tug’ilgan shahringizni kiriting. Tuman/Davlat/Qishloq/Shtat ni kiritmang );
  5. Country Where You Were Born (Siz tugʻilgan davlat) Enter Birth City Only. Do not enter District/County/Province/State (Faqat tug’ilgan shahringizni kiriting. Tuman/Davlat/Qishloq/Shtat ni kiritmang );
  6. Country of Eligibility for the DV Program (Davlatning DV dasturiga muvofiqligi) Bu yerda siz «no” ni belgilang;
  7. Entrant Photograph (Arizachi fotosurati) Fotosuratingiz yoki raqamli tasviringiz  arizaning  muhim qismidir. Suratingiz barcha talablarga javob berishi uchun professional foto xizmatidan foydalanishni tavsiya etamiz. Fotosuratingizni yoki raqamli tasvirni qabul qilinishi siz murojaat qilayotgan AQSh elchixonasi yoki konsulligining xohishiga bog’liq;                         
  8. Mailing Address (Pochta manzili);                                                                                                                    Address Line 1 (yashash manzilingiz);
    City/Town City (shaharni kiriting);
    District/County/Province/State (tumanni kiriting);
    Postal Code/Zip Code (siz yashayotgan hududning pochta indeksi, bu haqida ma’lumotni pochta.uz saytidan olishingiz mumkin);
    Country (Davlat);
  9. Country Where You Live Today (Hozirda siz yashayotgan davlat)  Ko’rsatkichni bosib kerakli davlatni tanlang;
  10. Phone Number (Telefon raqami, ixtiyoriy);
  11. E-mail Address (Elektron pochta manzili) 2 marta takroran kiritiladi;
  12. What is the highest level of education you have achieved, as of  today? (Bugungi kunda siz erishgan eng yuqori taʼlim darajasi qanday)?;
  13. What is your current marital status? (Oilaviy ahvolingiz qanday)?  Agarda siz oilalik bo’lsangiz o’z turmush o’rtog’ingizni ham kiritishingiz kerak bo’ladi. Barcha oila  a’zolari ham to’liq fotosurati      bilan kiritiladi;
  14. Number of Children (Farzandlar soni) Agar sizning biologik yoki 21 yoshdan kichik qonuniy asrab olgan farzandlaringiz mavjud bo’lsa, ularning miqdorini son bilan kiriting, agarda sizni farzandingiz bo’lmasa, ushbu joyni bo’sh qoldiring.

     

Fotosuratga qo’yilgan talablar:

  • Rangli;
  • Tasvirning 50-69 % i bosh qismi tashkil qilishi va ko’zning joylashuvi suratning pastki qismidan hisoblaganda 56-69 % hisobi balandligida bo’lishi;
  • Orqa fonda relyef ishtirok etishi lozim, u juda ham yorug’ va qora bo’lmasligi;
  • Studiya holatida olingan va taxrirlangan surat bo’lmasligi;
  • Hech qanday ko’zoynak, quloqchin va boshqa buyumlar bo’lmasligi (ko’zda nuqson bo’lishi bundan mustasno);
  • O’ng yoki chapga burilmasdan suratga tushilgan bo’lishi;
  • Yuzning hech qanday qismi ko’rinmay qolmasligi;
  • Surat kvadrat shaklida minimal 600 (bo’yiga) piksel×600 (eniga) piksel, maksimal 1200×1200 piksel bo’lishi;
  • Fotosurat olingan vaqt so’nggi 6 oy  ichida bo’lishi;
  • Uning hajmi 240 Kb dan yuqori bo’lmasligi;
  • JPEG formatida bo’lishi kerak.

Namunalar:

Barcha maʼlumotlar toʻgʻriligiga ishonch hosil qilib, “Continue” tugmasini bosamiz. Arizani tasdiqlash va rasmiylashtirish uchun yuborildi. Anketa tasdiqdan oʻtgandan soʻng sizga darhol mana bunday oyna ochiladi. Bu yerda sizga unikal tasdiq nomeri va elektron raqamli imzo taqdim etiladi. Bu ma’lumotlar asosida javoblarni tekshirish mumkin bo’ladi.

Foto: https://www.dvlottery.state.gov

Eslatma: Mana shu oynani «print» tugmasi yordamida printerdan chiqarib olishingizni tavsiya qilaman. Chunki shu 2 ta ma’lumotsiz hech qanday boshqa yo’l orqali natijangizni tekshirishning iloji yo’q.

Agarda xatolikka yo’l qo’yilgan yoki qandaydir qo’shimchalaringiz bo’lsa izohlarda fikr qoldiring.

                                 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *

www.000webhost.com